Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/07/2023
Chop etish
JDPUda Kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

Ikkinchi kun tafsilotlari…

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni. Bugun abituriyentlar Jismoniy madaniyat (kunduzgi va sirtqi kurash yo‘nalishi) Musiqa taʼlimi bo‘yicha imtihon topshirishdi.

Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar sport tashkilotlari, sport federatsiyalari  vakillari hamda madaniyat va sanʼat xodimlari jalb etilganligini alohida qayd etish lozim. Shaffoflik va ochiqlikni taʼminlovchi yana bir muhim qadamlardan biri, Kasbiy ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadigan yo‘nalishlarni onlayn ko‘rish imkoniyati mavjud.Imtihon jarayonini abiturientlarning ota-onalari universitet hovlisida tashkil etilgan maxsus xonalarda o‘rnatilgan monitorlar orqali kuzatib borishmoqda.

Ijodiy imtihonlar tasdiqlangan jadval asosida 2023-yil 25-iyuldan 5-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.


Ulashish:
1 092
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.