Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/01/2026
Chop etish
JDPUda kasbiy rivojlanish seminarlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi o‘quv seminarlarini tashkil etish oldidan kafedra mudirlari, dekanlar hamda soha prorektorlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ishmuhamedov Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida o‘tgan ochiq muloqotda, o‘quv seminarlarni qanday formatda davom ettirish, qaysi yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat qaratish va aniq fanlar kesimida mashg‘ulotlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida professor-o‘qituvchilarning taklif va fikrlari tinglanib, yangi pedagogik metodlarni chuqurroq o‘rganish hamda amaliy mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor qaratish bo‘yicha qator takliflar bildirildi. Suhbat ochiq va mazmunli ruhda o‘tib, bildirilgan takliflar asosida seminar darslarini takomillashtirilgan holda tashkil etishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun shanba kunlari uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari etib belgilangan. Ushbu kunlarda respublikadagi taniqli olimlar va ekspertlar ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.

Jumladan, 2025 yil dekabr oyida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida 3 kunlik o‘quv seminari o‘tkazildi.Mazkur o‘quv seminarlar professor-o‘qituvchilar tomonidan ijobiy baholanib, uni davom ettirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shu asosda Ravshan Jo‘rayevich yana universitetga ma’ruza darslari o‘tish uchun taklif etildi.


Ulashish:
1 914
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.