Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2024
Chop etish
JDPUda kimyo, biologiya, fan olimpiadasining yakuniy bosqichi boshlandi.

Bugungi olimpiada natijalariga ko‘ra 3 nafar g‘olib talabalikka qabul qilinadi.

Olimpiadaning viloyatimizdagi umumta’limim maktablarining bitiruvchi sinf o‘rtasida o‘tkazilgan kimyo, biologiya, fan olimpiadasining viloyat bosqichida saralab olingan va eng yuqori ball to‘plagan 10 nafar o‘quvchilar oliy ta’lim muassasasi yakuniy bosqichida ishtirok etishmoqda.

 

E’tiborli jihati shundaki bugunning o‘zida ko‘p bosqichli oliy ta’lim muassasasi olimpiadasining yakuniy bosqichida eng yuqori ball to‘plagan hamda 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar oliygohga o‘qishga qabul qilishga tavsiya etiladi.

 

 

O‘qishga tavsiya etilgan o‘quvchilar universitet hisobidan grant asosida ta’limni davom ettirishadi. o‘qishga ishtiyoqi baland, talaba bo‘lish uchun astoydil kurash olib borayotgan zakovatli va bilimli o‘quvchilarga universitet ilmiy ishlar prorektori G‘.Qodirov boshchiligidagi vakillar omad tilash bilan bir qatorda tartib qoidalar haqida ham batafsil tushunchalar berib o‘tishdi.


Ulashish:
1 060
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.