Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/10/2024
Chop etish
JDPUda kino kechasi o‘tkazildi.

Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, vatanparvarlik va diniy bag‘rikenglik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan kino kechasida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan «Vatan» kinostudiyasida tasvirga olingan «Gumrohlar» badiiy filmi namoyish etildi.

Mazkur film yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish hamda turli g‘oyaviy tahdidlardan ogoh bo‘lishga chaqirish maqsadida yaratilgan. Film o‘zbek xalqining osuda hayoti va taraqqiyotiga putur yetkazmoqchi bo‘lgan qabih kimsalarning kirdikorlarini fosh qilish maqsadida tasvirga olingan. O‘tkir syujetli va ta’sirchan sahnalarga boy film talaba yoshlarda chuqur taassurot qoldirishi shubhasiz.


Ulashish:
779
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.