Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/11/2025
Chop etish
JDPUda “Kitobxon talaba” tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish va badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish maqsadida tashkil etilgan “Kitobxon talaba” tanlovining birinchi bosqichi joriy yilning 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Unda 300 ga yaqin kitobxon talabalar ishtirok etishdi. Tanlov Axborot–resurs markazining 2-qavatida 1-smena talabalari uchun — soat 14:00 da, 2-smena talabalari uchun — soat 10:00 da tashkil etildi.

Ushbu loyiha universitet rektori tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning tafakkurini kengaytirish hamda erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tanlovda ishtirok etgan talabalarga o‘qilgan asarlar yuzasidan savollar berilib, ularning tahliliy fikrlashi, badiiy matnni anglash va baholash qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.Natijalarga ko‘ra, har bir fakultetdan eng yuqori ball to‘plagan 7 nafar talaba tanlovning keyingi — fakultetlararo bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritadi.

“Kitobxon talaba” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi tanlovlar yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ma’naviy saviyasini oshirish va intellektual rivojlanishiga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 286
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.