Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/12/2024
Chop etish
JDPUda «O‘qituvchilar kasbiy rivojlanish to‘garagi» navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Xorijiy tillar fakulteti qoshida faoliyat yuritayotgan ushbu to‘garak- o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘qitishdagi yangi metodlardan xabardor qilish maqsadida tashkil etilgan.

To‘garakning dekabrdagi mavzusi «Yil davomidagi o‘qitishdagi muvaffaqiyat» haqida bo‘lib o‘qituvchilar tomonidan darslar mobaynida e’tirof etiladigan muvaffaqiyatli tajribalari, shuningdek duch kelingan muammolar va ular borasidagi yechimlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.

Bu mavzuning davomi sifatida o‘qituvchining dars mobaynidaga turli rollarini aniqlashga yo‘naltirilgan «Who am I?» texnikasi tushuntirilib, qatnashchilar tomonidan egallangan tajribalari orqali o‘zlarida yashiringan rolni aniqlashdi. Ushbu rollarning o‘qituvchi dars mobaynida ko‘zlagan maqsadlariga erishishdagi ahamiyati haqida fikrlar almashilindi.

O‘qituvchilar ushbu mavzu doirasida tajriba va bilimlar almashishdi. To‘garakning bu mashg‘uloti ham  qiziqarli bahs-munozaralar va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan o‘z yakuniga yetdi.


Ulashish:
822
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.