Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/10/2024
Chop etish
JDPUda «O‘qituvchilar kasbiy rivojlanish to‘garagi» o‘z faoliyatini boshladi.
JDPU va AQSh elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan joriy yilning sentyabr oyida Fulbrayt dasturi mutaxassisi Sandra Israel xonim Xorijiy tillar fakultetida o‘z faoliyatini boshladi.
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Dildora Bahriddinova va Sandra Israel xonim hamkorligida «O‘qituvchilar kasbiy rivojlanish to‘garagi» ish boshladi.

 

Ushbu to‘garak maqsadi fakultet pedagoglari uchun kasbiy rivojlanish va hozirgi zamonaviy til o‘qitish metodlaridan xabardor qilishdir. To‘garakning birinchi kunida o‘qituvchilar darsga qay tarzda tayyorgarlik ko‘rish, darsga tayyorlanishdagi o‘zaro tajribalar bilan almashishdi hamda bu boradagi foydali manbalar, internet vebsaytlari bilan tanishtirildi.

To‘garakning ilk kuni qiziqarli bahs-munozaralar va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan o‘z yakuniga yetdi.


Ulashish:
694
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.