Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/04/2026
Chop etish
JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga maxsus raqamlar va elektron chiplar tarqatildi.

Bugungi kunga qadar 1000 nafardan ziyod talaba perfend.com elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning barchasiga qatnashish uchun zarur jihozlar yetkazildi.

Shuningdek, dastlabki 500 nafar ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga motivatsiya maqsadida kepka, futbolka va sumkalar taqdim etildi.

Ular orasida 234 nafar JDPU talabalari ham bor. Qolgan ishtirokchilarga esa maxsus chiplar tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 7-aprel kuni soat 07:00 da start oladi va 3 kilometr masofada barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etadi.


Ulashish:
440
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.