Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/06/2025
Chop etish
JDPUda talabalar uchun media savodxonlik bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarning media savodxonligini oshirish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarni xalqaro darajadagi media trener Nargis Qosimova hamda Nodira Alimova olib borishdi. Trening davomida talabalarga videomontaj, blog yuritish, podkast tayyorlash kabi yo‘nalishlarda amaliy ko‘nikmalar berildi.

Ta’lim jarayonida axborot savodxonligi, kreativ fikrlash va raqamli ijodkorlik mavzulariga alohida e’tibor qaratildi. Trenerlar qiziqarli tajribalar va foydali ma’lumotlar bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirishdi.

Seminar ishtirokchilari yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib, mediamahsulotlar yaratish borasida ilk qadamlarini tashlashdi.


Ulashish:
2 140
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.