Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/07/2026
Chop etish
Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda

Jizzax viloyati Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hududida Jismoniy madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etildi.

Imtihonlar boshlanishidan avval abituriyentlarga baholash mezonlari, xavfsizlik qoidalari hamda sinovlarni o‘tkazish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

Jarayonda tibbiyot brigadalari, kuzatuvchilar, nazoratchilar hamda mas’ul ishchi guruhlar navbatchilik qilib, ishtirokchilarning xavfsizligi va imtihonlarning belgilangan tartib asosida o‘tishini ta’minlamoqda.

 

 

 

 

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida, nazoratchilar kuzatuvi ostida hamda amaldagi tartib va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkazilmoqda.


Ulashish:
1 513
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.