Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/10/2025
Chop etish
Jismoniy tarbiya va sport fakultetida ota-onalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakultetida talabalarning ta’lim jarayoni, tarbiyasi va ijtimoiy faolligi bo‘yicha fikr almashish maqsadida ota-onalar bilan muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvni fakultet dekani F. Ahmedov ochib berdi. U o‘z so‘zida universitet va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlik ta’lim sifatini oshirish, talabalarning faolligini rag‘batlantirish hamda ularning ma’naviy-axloqiy kamoloti uchun muhim omil ekanini ta’kidladi.

Tadbir davomida psixolog, o‘quv ishlari bo‘yicha mutaxassislar, profilaktika inspektori va komplayens nazorat bo‘limi xodimlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumot berib, ota-onalarga talabalarning ta’lim-tarbiya jarayoni, ichki tartib-qoidalar va xavfsizlik masalalari haqida atroflicha tushuntirishlar berishdi.

Uchrashuvda ota-onalar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi, farzandlarining ta’lim va sportdagi yutuqlari bilan bo‘lishishdi.  Ta’lim jarayonida faol ishtirok etayotgan va farzandlarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shayotgan faol talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan tasdiqnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir samimiy muloqot, ochiq fikr almashuv va hamkorlik muhitida o‘tdi. Bu esa universitet, talabalar va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Ulashish:
949
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.