Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/03/2021
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida “Ayollar spartakiada” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tabdirlari to‘g‘risida”gi PF-6099 sonli Farmoni hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasida belgilangan  vazifalar, shuningdek, Jizzax viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining “Viloyatda xotin-qizlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha “Ayollar spartakiada” musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, jumladan, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari va sportning ommaviy turlariga keng jalb etish orqali ularning salomatligini muxofaza qilishga ko‘maklashish, institutda joriy etilgan “Sog‘lom turmush tarzi” Dasturini hayotga tadbiq etish, shuningdek, 8-mart Xotin-qizlar bayramini yuqori saviyada kutib olish va nishonlash maqsadida institut rahbariyati, institut kasaba uyushma qo‘mitasi, ma’naviy-ma’rifiy bo‘lim, xotin-qizlar qo‘mitasi, Sport tag‘ibotchisi, “Pedagog” sport klubi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Ayollar spartakiada”si sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish belgilandi.

 

Musobaqa Nizomiga ko‘ra xodimalar sportning voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi,  stritbol, yengil atletika, darts (50 yoshdan kattalar uchun) turlari bo‘yicha bellashishmoqda. Sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida jismoniy madaniyat fakulteti kafedralaridan musobaqalarni baholab boruvchi malakali hakamlar tarkibi shakllantirildi, 2021 yil 2-4 mart kunlariga rejalashtirilgan musobaqa natijalariga ko‘ra 1-,2-,3-o‘rin g‘oliblari hamda faol ishtirokchilarni turli nominatsiyalar bo‘yicha aniqlab, institut rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasining diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash ko‘zda tutilgan.


Ulashish:
1 820
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.