Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
26/07/2019
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi

Bugun, 26 iyul kuni Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Ma’lumot o‘rnida, Jizzax davlat pedagogika institutiga 2019-2020 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga jami 32606 nafar abiturient hujjat topshirgan. Shulardan 18 nafarini xorijiy fuqarolar tashkil etsa, 11nafar fuqaro turli tanlov g‘oliblari sifatida davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan.
Ijodiy imtihonlarning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Viloyat prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti vakillari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlaridan iborat jamoatchilik guruhlari yaqindan yordam bermoqda. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jismoniy madaniyat, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, musiqa yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda. Imtihon jarayonini onlayn kuzatayotgan ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan bir    nechtalarini suhbatga    tortdik.
Suhbatdoshimiz: Mamasolieva Muqaddas 47 yoshda, Zarbdor tumani, Buloq boshi qishlog‘idan. “Mening o‘g‘lim Abdusattorov Abdulloh Jismoniy madaniyat fakultetining kunduzgi bo‘limiga hujjat topshirgan. Ijodiy imtihon jarayonini bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatdim. Nazarimda, o‘g‘lim Abdulloh barcha imtihon me’yorlarini to‘g‘ri, halol topshirmoqda. Ijodiy imtihon komissiyasi a’zolariga hech qanday shikoyatim yo‘q. Bugun ta’lim tizimidagi yangi islohotlarda hech kimning korrupsiya va adolatsizlikka yo‘l qo‘yishga haqqi yo‘q. Menga o‘xshab farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga kelgan barcha ota-onalar nomidan abiturientlarga omadlar tilab qolaman!”.
“Men Qilichev Obidjon Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Yangikent shaharchasidanman. Yoshligimdan sportga qiziqish va intilishim kuchli. Barcha tengdoshlarim qatori men ham jismoniy tayyorgarlik ko‘rib, ijodiy imtihonlarni Xudo xohlasa, ijobiy natijalar bilan topshirishga harakat qilaman. Opam Qilicheva Dilnoza meni ruhan qo‘llab-quvvatlash uchun kelganmanlar. Qashqadaryoga yaxshi xabarlar bilan kirib bormoqchimiz. Barcha do‘stlarimga omad yor bo‘lsin!”.
Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, Soktari MFY da istiqomat qiluvchi 48 yoshli fuqaro Qurbonova Shahlo opani suhbatga tortamiz:
“Qizim Sayfullaeva Durdona Jizzax davlat pedagogika institutiga San’atshunoslik fakulteti kunduzgi bo‘limiga hujjat topshirgan. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rgan. Qizimning imtihon topshirish jarayonlarini onlayn kuzatib turdim. Jarayonlar adolatli va shaffof o‘tayapti, desa mubolag‘a         bo‘lmaydi.”
Eslatib o‘tamiz, Jizzax davlat pedagogika institutiga alohida iqtidor talab etadigan kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha jami 4971 nafar abiturient, shulardan, 3184 nafari kunduzgi bo‘limga, 1787 nafar abiturient sirtqi yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy imtihon topshiradilar.


Ulashish:
1 340
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.