Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/01/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari Vatan himoyachilari xotirasini e’zozlashdi.
14-yanvar kuni Jizzax shahri Xotira xiyobonida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Motamsaro Ona” haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Erta tongdan Xotira xiyoboni turli tashkilotlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va harbiy qismlar askar va zobitlari hamda faollar bilan gavjumlashdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida marosim ishtirokchilari Motamsaro Ona haykali poyiga gul qo‘yib, fidoyi harbiylar xotirasini e’zozlashdi. Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, faxriylar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ham ushbu marosimda faol ishtirok etishdi.

Ulashish:
2 731
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.