Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayram dasturi musiqiy chiqishlar, ijodiy ijrolar bilan boshlandi.

Shuningdek, bayram arafasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xotin-qizlar, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yinlarida yuqori natijalarni qayd etgan ayollar jamoalari universitet kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Tantanali marosim bahor fasliga hamohang kuy-qo‘shiqlar, milliy va zamonaviy ijrolar, go‘zal raqslar bilan yakunlandi.


Ulashish:
2 165
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.