Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/07/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi

Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.

Vazir o‘z tabrik so‘zida bitiruvchilarni samimiy muborakbod etib, ularning mamlakat ta’lim tizimi ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilishlariga ishonch bildirdi. Tadbirda sport, san’at va ilm-fan yo‘nalishlarida yuksak natijalarga erishgan bir guruh bitiruvchi talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining faxriy yorlig‘i, bakalavriat va magistratura bosqichlarini namunali hamda bir qator yutuqlari bilan tamomlagan bitiruvchilarga imtiyozli diplomlar tantanali ravishda topshirildi.

Tantanali marosim doirasida farzandlarini bilimli, vatanparvar va barkamol inson etib tarbiyalash yo‘lidagi mehnati hamda fidokorligi uchun Jizzax davlat pedagogika universitetining 6 nafar bitiruvchisining ota-onalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Tantanali marosimi universitetning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan gala-konsert dasturi bilan yakunlandi. Milliy va zamonaviy musiqiy chiqishlar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Bayram yakunida osmonni yoritgan salyutlar marosimning eng yorqin lahzalaridan biriga aylandi.

 

 


Ulashish:
1 380
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.