Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida muhim ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbirni universitet rektori Maksudjan Yuldashev ochib berdi hamda konferensiyaning dolzarb mavzulari va ilmiy ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Konferensiya doirasida bugungi kunda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi muhim masalalar muhokama qilinmoqda.

Tadbirda sohaning yetuk mutaxassislari Qori Niyoziy nomidagi TPMI direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Ibragimov Xolboy Ibragimovich, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori, pedagogika fanlari doktori professor Abdullayeva Nafisa Shavkatovna kabi nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda.


Ulashish:
562
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.