Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/04/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nuroniylardan talabalarga kitob sovg‘asi” nomli xayrli aksiya tashkil etildi.

Ushbu tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Ayniqsa, universitetda faoliyat yuritayotgan 55 yosh va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur aksiya yoshlarga ilmiy va badiiy adabiyotlarni yetkazishda muhim qadam bo‘ldi.

Aksiya doirasida boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Umirzoq Jumanazarov o‘z shaxsiy kutubxonasidan 14 nomdagi jami 600 dona monografiya, o‘quv qo‘llanma va lug‘atlarni universitet Axborot-resurs markaziga taqdim etdi.

Ushbu kitoblar pedagogika, filologiya va boshlang‘ich ta’lim sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun qimmatli manba bo‘lib, ularning bilim va dunyoqarashini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
493
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.