Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/09/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida sport musobaqalari start oldi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sport musobaqalari start oldi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, salomatlikni mustahkamlash hamda ish faoliyati va kundalik turmushda faollikni oshirishdir.

Musobaqalar mini futbol, ayollar o‘rtasida basketbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha tashkil etilmoqda. Ushbu sport tadbirlari xodimlarni doimiy ravishda jismoniy faollikka jalb qilish, o‘zaro do‘stona muhitni kuchaytirish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bugun musobaqalarga mini futbol bellashuvlari bilan start berildi. Bellashuvlar qizg‘in va kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda.


Ulashish:
1 801
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.