Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/12/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar qishki ta’tilga to‘liq kuzatildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025–2026 o‘quv yili qishki ta’tili munosabati bilan talabalarni doimiy yashash joylariga xavfsiz va tartibli ravishda kuzatish ishlari amalga oshirildi.

Joriy o‘quv yilida universitetda jami 15 973 nafar talaba tahsil olyapti, shundan 9 213 nafari kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydi. Kunduzgi ta’lim talabalarining yashash joylari bo‘yicha taqsimotiga ko‘ra, 4 457 nafar talaba o‘z uyidan qatnab tahsil olgan, 3 043 nafari ijara xonadonlarda, 515 nafari yaqin qarindoshlari xonadonida, 1 198 nafari esa universitet talabalar turar joylarida istiqomat qilgan.

Universitet tasarrufidagi talabalar turar joylarida jami 1 248 nafar talaba yashab kelgan bo‘lib, ular 1-sonli TTJda 504 nafar, 2-sonli TTJda 100 nafar, 3-sonli TTJda 50 nafar hamda 4-sonli TTJ (DXSH)da 594 nafarni tashkil etgan.

2025-yil 29-dekabr holatiga ko‘ra, barcha talabalar qishki ta’tilga to‘liq kuzatildi. Shuningdek, universitetning barcha talabalar turar joylari belgilangan tartibda muhrlanib, xavfsizlik va saqlanish choralari ko‘rildi.

Mazkur ishlar talabalarning xavfsizligini ta’minlash, ularni qishki ta’tilga mas’uliyatli ravishda kuzatish hamda ta’til davrida universitet infratuzilmasini saqlash maqsadida amalga oshirildi.


Ulashish:
4 902
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.