Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/12/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida professor-o‘qituvchilar uchun samarali va tizimli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Ushbu tashabbus pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur jarayon professor-o‘qituvchilar faoliyatida ijobiy samara berayotgani bilan e’tiborlidir.

Ana shunday tadbirlar doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir professor-o‘qituvchilarning ilmiy va metodik salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim tendensiyalari, xalqaro baholash dasturlari hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Seminar universitet Madaniyat saroyida tashkil etildi. Unda Xalqaro tadqiqotlar markazi direktori Polvonnazirov Sardor Hamrobek o‘g‘li ma’ruza qilib, xalqaro ta’lim tadqiqotlari va baholash tizimlarining ta’lim sifati rivojidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ilmiy-amaliy seminar doirasida O‘zbekistonning PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS kabi xalqaro baholash dasturlaridagi ishtiroki, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, ilm-fan, innovatsiya va pedagogik mahorat masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yetuk olimlar ishtirokida plenar ma’ruzalar hamda savol-javoblar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari uzluksiz kasbiy rivojlanish kuni doirasida o‘tkazilayotgan bunday seminarlar professor-o‘qituvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladilar.


Ulashish:
2 625
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.