Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/05/2023
Chop etish
«Keksalar maslahati» guruhi a’zolaridan xabar olindi.

Mamlakatimizda keksa avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun keyingi yillarda ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 11 mart kuni imzolangan «Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu boradagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. Avvalroq barcha mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlashda keksa avlod vakillari va huquqni muhofaza qilish organlari nafaqadagi xodimlarining boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish maqsadida «Keksalar maslahati» guruhlari tashkil etilgan edi. Shundan kelib chiqib bugungi kunda Tashkil etilgan «Keksalar maslahati» guruhlari a’zolari va faol nuroniylar hududdagi ta’lim muassasalariga biriktirildi. Ularning vazifalari o‘zlariga biriktirilgan muassasalaridagi talaba va o‘quvchilar talabalar davomati, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan talabalar bilan suhbatlar o‘tkazib borish, boy hayotiy tajribalari asosida yoshlarga tushuntirish ishlarini olib borish beliglangan.

 

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, volontyor talabalar hamkorligida oliygohga biriktirilgan faxriylar Mamatqul Bekmurodov hamda Qosim Abdusamadovlar xonadonida bo‘lishdi. Bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan nuroniylarning holidan xabar olish va ularni talaba yoshlar bilan suhbatga taklif etish maqsadida amalga oshirilgan tashrif faxriy otaxonlarning ko‘nglini ko‘tardi.


Ulashish:
1 088
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.