Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
09/04/2021
Chop etish
«Kitobxonlik  haftaligi» tadbirlari

8 aprel- «Kitobxonlik  haftaligi»ning 4-kuni chora-tadbirlar rejasiga muvofiq institut ma’naviy-ma’rifiy bo‘limi, axborot-resurs markazi, San’atshunoslik va Tarix fakulteti hamkorligida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan        “Adolat bor joyda adovat bo‘lmas” nomli teatrlashgan musiqali kompozitsiya tashkil etildi. Tadbirga taniqli yozuvchi, Chingiz Aytmatov Akademiyasi akademigi, Respublika yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nurali Qobil ishtirok etdi. Ushbu  teatrlashgan tadbirni institut Yoshlar bilan ishlash prorektori S.Nazarqosimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra,  sohibqiron Amir Temurning tarixiy hayot yo‘li to‘g‘risida yozuvchi Nurali Qobilga fikr yuritdi. Yozuvchi buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur to‘g‘risida o‘z mulohazalarini  bildirib, ishtirokchilarning savollariga javob berdi. Shundan so‘ng, “Amir Temur siymosi jahon siyosatchilari nigohida” nomli videorolik namoyish etildi.

Tadbir davomida  San’atshunoslik va Tarix fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan “Adolat bor joyda adovat bo‘lmas” nomli teatrlashgan musiqali kompozitsiya  namoyish etildi. Musiqiy ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Boychaeva hamda Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Axchaevlar rahbarligida tayyorlangan ushbu kompozitsiyada Amir Temur siymosi talqin etildi.

Tadbir so‘nggida axborot-resurs markazi tomonidan tayyorlangan “Sohibqiron ruhi barhayot” nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi qisqacha sharhlab berildi. Tadbir tashkilotchilari va faol ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

 

 


Ulashish:
1 866
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.