Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/02/2025
Chop etish
Malayziya Putra universiteti, talim fakulteti, sport fanlari kafedrasi professori Roxana Omar xonim Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Malayziyaning Putra universiteti (Universiti Putra Malaysia) Sport tadqiqotlari kafedrasida katta o‘qituvchi va falsafa doktori. Roksana Omar Dev Jismoniy madaniyat fakultetining taklifi bilan universitetga tashrif buyurdi.

O‘zining ilmiy faoliyati orqali jismoniy faollik va sog‘liq psixologiyasi sohalarida muhim hissa qo‘shib kelayotgan Roxana Omar xonim faoliyat yuritayotgan Universiti Putra Malaysia (UPM) dunyo miqyosida nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, turli xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.Xorijlik mehmon dastlab universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘. Qodirov va jismoniy madaniyat fakulteti rahbariyati bilan tanishuv uchrashuvida ishtirok etdi. Samimiy suhbat davomida tomonlar tashrif maqsadlari va hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Uchrashuv so‘ngida xorijlik mehmonga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng jismoniy madaniyat fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalari uchun Roxana Omar xonim ishtirokida Jismoniy faollik va ovqatlanish orqali sog‘liqni yaxshilashning zamonaviy yondashuvlari» mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Jismoniy faollik va ovqatlanish orqali sog‘liqni yaxshilashning zamonaviy yondashuvlari, motivatsiyaning psixologik jihatlari, baholash usullari va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tgan seminar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, nashrlar va talabalar hamda o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlari imkoniyatlarini muhokamasi bilan yakunlangan seminar savol-javoblarga boy bo‘ldi.


Ulashish:
605
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.