Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/11/2023
Chop etish
“Markaziy Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyati: zamonaviy tadqiqotlar, muammo va o‘rganish usullari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi

2023 yil 31 oktyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 apreldagi № 39-sonli Farmoyishi asosida, “Markaziy Osiyo xalqlari moddiy va ma’naviy madaniyati: zamonaviy tadqiqotlar, muammo va o‘rganish usullari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada respublikamizning ko‘plab Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan birgalikda  Qirg‘iziston respublikasi, Rossiya federatsiyasi, AQSH va Italiya kabi xorijiy davlatlarning olimlari o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdilar.

Anjuman yalpi majlisi va seksiyalarida yuqori saviyada tayyorlangan ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Konferensiya yakunidagi muhokama ishida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy masalalar tahlil qilindi.


Ulashish:
837
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.