Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/12/2021
Chop etish
  “Mitti yuraklarga -Mehrli yuraklar…”

3 dekabr- Halqaro Nogironlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir ana shunday nomlandi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra har yili  har yuz ming chaqaloqdan 6-10 nafari tug‘ma yurak nuqsoni bilan, O‘zbekistonda esa  ikki yarim mingga yaqin bolalar yurakda turli nuqsonlar bilan tug‘iladi. Siz tasvirda ko‘rib turgan  kichkintoy Hayotjon Ikromov ikki yoshda. Unga ham tug‘ilgandayoq tug‘ma yurak nuqsoni tashhis qo‘yilgan. Hayotjon bugun Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida shiforkorlar nazoratida. Bu tashhis bilan dunyoga kelgan bolalar umrining oxrigacha ota-onasi va shifokorlar nazoratida bo‘lishadi. Ota-ona bemor bolalarning har bir yurak zarbi uchun qayg‘uradi…azob chekadi. Ayni paytda Jizzax viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 5 nafar bolakay tug‘ma yurak nuqsoni tashxisi bilan shifokorlar nazoratida davolanmoqda.

“Mehrli yurak” xayriya tadbiri ham Hayotjon Ikromov va u kabi aynan tug‘ma yurak nuqsoni bilan davolanayotgan bemor bolalar holidan xabar olish, ular ko‘ngliga quvonch olib kirish maqsadida tashkil etildi. Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh.Sharipov tashabbusi bilan shifo maskanida davolanyotgan kichkintoylarga tezroq sog‘ayib ketishlari uchun kichik badiiy konsert dasturi  tashkil qilindi va ularga sovg‘alar topshirildi.

Onalarini quchgancha saxnadagi ertak qaxramonlari-yu, kuy qo‘shiqlarga  hayrat bilan tikilib turgan besh nafar “mitti yurakchalar” va minnatdor nigohlar, ko‘nglingizga xushkayfiyat, xursandchilik ulashadi.

“Bugungi chiroyli tadbir va sovg‘alarni tashkil etganlarning hech biri qayg‘u nimaligini bilmasin. O‘g‘limning boshqa tengdoshlari kabi o‘ynashini, kulishini, yugurishini istayman. U batamom tuzalib ketsa biz ham baxtiyor oila bo‘lamiz. “Mehrli yurak” xayriya tadbiri oz bo‘lsada ko‘nglimizdagi g‘uborlarni aritdi. O‘g‘limning raqsga tushgani va chapak chalganini ko‘rib men ham quvondim. Dunyoda mana shunday ezgu amallarni  bajaruvchi kishilar ko‘payaversin. O‘g‘lim qatori tug‘ma yurak nuqsoni bilan og‘rigan bolajonlar qachonlardir yuragi og‘riganini ham unitib yuborsin”-deydi bemor bolajonlarimizdan birining onasi Nodira Ergasheva.

 

“Mitti yuraklarda, katta jarohat. Ayni o‘ynab-kuladigan davrida u ozor chekyapti. Onalar esa mo‘jiza kutib ertangi kunni umid bilan kutishadi. Bugungi tadbir aynan bemor bolalar ustida parvona onalar ko‘nglidagi xavotirli o‘ylarni aritish, yuraklarga quvonch ulashish maqsadida tashkil etildi. Biz bu kabi tadbirlarni faqat muhim sanalar yoki bayramlar arafasida emas, balki doimiy tarzda o‘tkazayapmiz, to‘xtatish niyatimiz yo‘q. Maqsadimiz mana shunday ezgu amallar ortidan boshqalarni ham ergashtirish. Toki hech kim yordamga muhtoj insonning taqdiriga befarq bo‘lmasin”-deydi institut rektori Sh.Sharipov.

 

 

Biz ham shuni istaymiz: Mitti yuraklarga “mehrli yuraklar” ulashaveraylik. Ular zanjir bo‘lib kemtik nigohlarni, dardmand va majruh yuraklarni quvonchga to‘ldirsin. Bolajonlar oq xalatli shifokorlarni emas, balki do‘st-yorlari, baxtli oilasi, yaqinlari qurshovida bo‘lsin.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati

 


Ulashish:
1 753
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.