Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/11/2024
Chop etish
«Psixolog – qalb shifokori»
«Xalqaro psixologlar kuni»ga bag‘ishlangan tadbir ana shunday nomlandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbir oliygohning «Umumiy psixologiya» kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Tadbirga taklif etilgan mehmonlar dastavval madaniyat saroyi kirish eshigi yonida tashkil etilgan kayfiyat burchagiga tilak va istaklarini yozib qoldirishdi.

«Xalqaro psixologlar kuni» munosabati bilan tashkil etilgan tadbirni Universitet Yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori S.Nazarqosimov ochib berdi. Sana munosabati bilan Pedagogika fakultetida Psixologiya kafedrasi tomonidan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mavzu doirasida ma’ruzalar tinglandi.Unda psixologiyaning bugungi kunda inson hayotidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.

Bayram tadbirida universitetning “Pedagogika va psixologiya” fakulteti talabalari faol ishtirok etdi. Ular turli xil psixologik metodlar, savol – javoblar,  sahna ko‘rinishlari raqs va qo‘shiqlar orqali inson miyasi yashiradigan bilimlarning kichik bir qismini namoyon qilishdi. Tadbirda talabalar tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan psixologik savol-javoblar natijalari ham taqdim etildi. Shuningdek, jarayonda zaldagi tomoshabinlar bilan birgalikda “Ranglar metodikasi”, “Tafakkur metodikasi” yo‘nalishida turli xil psixologik treninglar o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida faol qatnashgan talabalar va ishtirokchilar taqdirlanishdi.


Ulashish:
1 026
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.