Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/11/2025
Chop etish
Raqamlashtirish bu faqat elektron tizim emas, balki boshqaruvda shaffoflik, tezkorlik va samaradorlikni ta’minlaydigan muhim jarayon-deydi, universitet rektori M.Yuldashev.

Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor tashabbusi bilan oliygohni raqamlashtirish jarayonlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitetning axborot tizimlarini yanada takomillashtirish, elektron boshqaruvni samarali yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonida raqamli platformalardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida https://main.jdpu.uz/ platformasining afzalliklari va uning ishlash tartibi haqida batafsil taqdimot qilindi. Dastlab o‘quv bo‘limi mas’ullari platformaning ta’lim jarayoniga oid qismlari bo‘yicha axborot berdilar.

Shuningdek, “4+2 amaliyot” tizimi, Axborot-resurs markazining (ARM) elektron xizmatlari hamda “7/24” platformasi faoliyati bo‘yicha ham taqdimotlar o‘tkazildi.

Universitet rektori tomonidan berilgan savollarga yig‘ilish davomida mutaxassislar batafsil javob qaytarildi. Ayrim platformalarni yanada qulay va samarali qilish bo‘yicha takliflar berildi. Xususan, kunlik va oylik hisobotlarni avtomatlashtirish, ma’lumotlarni bir tizimda jamlash hamda raqamli xizmatlarni integratsiya qilish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida universitet rektori raqamlashtirish — bu faqat elektron tizim joriy etish emas, balki boshqaruvda shaffoflik, tezkorlik va samaradorlikni ta’minlaydigan muhim jarayon ekanligini ta’kidladi.


Ulashish:
2 390
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.