Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
10/12/2025
Chop etish
Tabiiy fanlar fakultetida ekologik masalalarga bag‘ishlangan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tabiiy fanlar fakultetida Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda biologiya yo‘nalishi talabalari tashabbusi bilan “Ekologik mas’uliyat” haftaligi doirasida “Ekologik muammolar: bugun va ertaga” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida ekologik xavfsizlik, atrof-muhitga inson omilining ta’siri, global iqlim o‘zgarishi, hududiy ekologik muammolar kabi dolzarb masalalar interaktiv metodlar asosida muhokama qilindi. Talabalar va mutaxassislar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, mavjud muammolarning mumkin bo‘lgan yechimlari yuzasidan takliflar bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Davra suhbatining yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda ekologiyaga oid kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.


Ulashish:
2 004
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.