Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/06/2026
Chop etish
Talabalar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni mustahkamlashga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi hamda Aksilkorrupsiyaviy kovorking markazi hamkorligida Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda talaba-yoshlarga “Virtual akademiya” elektron platformasining imkoniyatlari tanishtirilib, korrupsiyaning mazmuni, turlari, javobgarlik choralari hamda akademik halollik tamoyillariga rioya etishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, ko‘chirmachilik, akademik insofsizlik va turli firibgarlik holatlarining salbiy oqibatlari muhokama qilinib, ta’limdagi korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.


Ulashish:
485
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.