Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/10/2025
Chop etish
Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limida “Hosil bayrami” nishonlandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limida “Hosil bayrami” o‘tkazildi. Tadbirda Tabiiy fanlar fakulteti sirtqi ta’lim biologiya yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar. Bayramni bo‘lim boshlig‘i A. Chimanov ochib berdi.

Hosil bayrami” — mamlakatimizda har yili kuz faslida, asosan oktyabr oyida keng nishonlanadigan, xalqimiz mehnatsevarligini, yerga va tabiatga bo‘lgan hurmatini ifodalovchi ezgu an’anadir.

Tadbir davomida talaba-yoshlar va ustozlar tomonidan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda meva-sabzavotlar, g‘alla, paxta, asalarichilik, ipakchilik va boshqa tarmoqlardagi yutuqlar namoyish etildi.

Bayramga bag‘ishlab she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Tadbir ishtirokchilari o‘z ijodlari orqali hosil faslining fayzu barakasini, mehnatsevarlik va tabiatga hurmat kabi fazilatlarni yuksak ruhda namoyon etdilar.

Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar va g‘olib jamoalar taqdirlanib, ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
1 928
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.