Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2024
Chop etish
Umrni shu yurt ravnaqi uchun sarflagan haqiqiy vatanparvar ustozlar ishtirokida «Uch avlod» uchrashuvi tashkil qilindi.
Yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida faxriy ustozlar va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbir sababchilari faxriy ustozlar Faniya Axmedshina, Raya Nurqulova, Abdujabbor Boymatov va Koshkar Hakimovlar yosh avlodga o‘zlari ishlab o‘tgan davr muhiti, qiyinchiliklari, sharoitlari haqida gapirib, Yangi O‘zbekistonimizda ishlash, o‘qish istagidagi har bir insonga yaratilayotgan imkoniyatlarga havas qilishlari, ushbu imkoniyatlar qadriga yetish va ulardan unumli foydalanish zarurligi haqida gapirdilar.

Keksa avlod faol vakillarini, uchrashuv qahramonlarini tabriklash va taqdirlash uchun so‘zga chiqqan universitet rektori Sh.Sharipov universitetimizda bu kabi tadbirlar davomiy tashkil qilinayotganligini va yoshi ulug‘ hurmatga sazovor keksa avlod vakillarining ibratli so‘zlari, talaba yoshlarga jonli maktab vazifasini o‘tashini ta’kidladi.Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratib berish ustuvor vazifaga aylangani ham aytib o‘tildi.

Yoshi ulug‘ faxriy ustozlar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.

Tadbir so‘ngida universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan faxriylar ustozlar kecha qahramonlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
876
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.