Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/03/2025
Chop etish
Universiada-2024: belbog‘li kurash musoboqalari Jizzaxda bo‘lib o‘tmoqda.
Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan Universiada sport o‘yinlari yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, talabalarning sport turlariga bo‘lgan qiziqishi ortishiga, qolaversa, iste’dodli talaba-yoshlar saralanib, ularning katta sport sari dadil qadam tashlashida muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Universiada sport o‘yinlari dasturidan joy olgan belbog‘li kurash musobaqalari Jizzax viloyat yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazilmoqda.

Musobaqada jami 12 ta viloyatdan 100 ga yaqin kurashchilar g‘oliblik uchun kurashmoqda. Bellashuvlar yakuniga yetgach, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida rasmiy sahifalarimizda ma’lumotlar berib boramiz.


Ulashish:
615
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.