Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/04/2026
Chop etish
16-xalqaro FLTAL konferensiyasi doirasida nufuzli keynote ma’ruzalar tinglandi.

Amy Thompson shaxsiy identitetning ijtimoiy-siyosiy muhit bilan bog‘liqligini yoritib bergan bo‘lsa, Zhu Hua translanguaging va interculturality orqali til, madaniyat va siyosat o‘rtasidagi aloqalarga e’tibor qaratdi.

Charlene Polio esa turli talabalar guruhlarida janr tushunchasini shakllantirish metodikasi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, anjuman doirasida panel muhokamalar tashkil etilib, zamonaviy til ta’limi va ko‘p tillilik masalalari muhokama qilinmoqda.

Konferensiyaning birinchi qismi tantanali taqdirlash marosimi bilan yakunlanib, ma’ruzachilar va faol ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Anjuman o‘z ishini keyingi sho‘balar doirasida davom ettirmoqda.


Ulashish:
445
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.