Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/12/2023
Chop etish
8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

JDPUda Konstitutsiya kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolarni asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalari atrofida jipslashtirishgan o‘zida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” bosh g‘oyasini mujassam etgan bayram tadbirini universitet rektori Sh.Sharipov ochib berdi.

Yangilangan Konstitutsiya O‘zbekiston xalqining siyosiy irodasi natijasidir, – deydi universitet rektori Sh.Sharipov. – Muhimi, Asosiy qonunda inson qadr-qimmatiga hurmat o‘z ifodasini topishi bilan birga, buni amalda ta’minlashga qaratilgan me’yorlar kengaytirildi. Kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikdek muhim qoida qomusda aks etdi.  Konstitutsiyaning amalda bajarilishi bo‘yicha nafaqat davlat organlari, balki fuqarolik jamiyati vakillari, xalqaro tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikka e’tibor qaratilayotgani, bunda ochiqlik, inklyuzivlik tamoyillari ustuvorligi e’tirofga munosib. Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni va barcha yig‘ilganlarni Konstitutsiya bayrami bilan qutlayman.

Tantanali tadbirda shuningdek  Jizzax viloyat sudining raisi Akram Shukurov ham ishtirok etib yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan muborakbod etdi.

Bayram tadbiri Konstitutsiya kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan turli tanlovlar va sport musobaqalarida  faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar va talab yoshlarni taqdirlash marosimi bilan davom etdi. Taqdirlash marosimida universitet rektori Sh.Sharipov amaliy hamkorlik uchun  Silk Road Research Academy asoschisi, professor Azamat Akbarov tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.

Qutlug‘ sana munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali tadbirni universitet badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. Buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakatining yetakchilarining chiqishlari bilan boshlangan sahnaviy ko‘rinishlar, go‘zal taronalarga ulanib ketdi.

 


Ulashish:
1 210
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.