“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni 2025-yilda samarali amalga oshirish, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarga erishish bo‘yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirish maqsadida Ozarbayjon Respublikasi Ozarbayjon pedagogika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorlikda 2025-yil 14-aprel kuni Ozarbayjon-O‘zbekiston filologiya va pedagogika sohasidagi yetuk olimlarning “Adabiy aloqa – ilm-fan taraqqiyoti asosi” mavzusida umumturkiy (turk) tilda nashr etilayotgan antologiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mazkur antologiyaga O‘zbekiston, Ozarbayjon davlatlarining filologiya va pedagogika sohasida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali ilmiy kadrlarning qisqacha tarjimayi holi va ilmiy maqolasi kiritiladi.
“Adabiy aloqa – ilm-fan taraqqiyoti asosi” mavzusida turk tilida nashr etilgan antologiya taqdimoti Bokuda o‘tkaziladi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi miqyosida faoliyat yuritayotgan filologiya va pedagogika sohasi mutaxassis olimlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar
- Barcha
- Ekofaol talabalar
- Karera markazi
- Kelajakka qadam
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Mahalla va universitet
- Ustozlar suhbatin qo‘msar bu ko‘ngil
Yangiliklar
|
13/03/2025
Chop etish
Adabiy aloqa – ilm-fan taraqqiyoti asosi” mavzusida turk tilida nashr etilgan antologiya taqdimoti Bokuda o‘tkaziladi.
Boshqa rubrikalarda mashhur
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.
So'nggi yangiliklar
03/08/2026
