Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/04/2024
Chop etish
Adiblar JDPUga biriktirlgan maktablarga tashrif buyurishdi.

«Ma’rifat ulashib» loyihasi, dastur doirasida oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va mahallalar hamkorligida ziyoli, qalam ahli bo‘lgan shoir yozuvchilar, adiblar ta’lim muassasasiga taklif etilib, o‘quvchi yoshlar hamda talabalar bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Shunday davra suhbatlaridan biri bugun Jizzax davlat pedagogika universitetiga biriktirilgan 23 hamda 30 umumta’lim maktablarida  bo‘lib o‘tdi. «Ma’rifat ulashib» nomli ijodiy tadbir avvalida uchrashuv mehmonlari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va tarjimon Asror Mo‘min hamda shoir Shodi Otamurod o‘quvchi yoshlarni  ijod namunalari bilan bahramand qildi. Shuningdek, mehmonlar uchrashuv davomida bugungi ijodiy muhit, kitob mutolaasi, ijodkorlar hayoti, bugunning adiblari xususida qiziqarli ma’lumotlar bilan ulashdi, va tinglovchilarga o‘zlarining hayot, talabalik va muhabbat haqidagi she’rlari, shoir Rasul Hamzatovning o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlarini  o‘qib berishdi.

Suhbat davomida mehmonlar adabiyotga she’riyatga qiziquvchi o‘quvchi yoshlar ijod namunalaridan ham bahramand bo‘ldilar. Adabiy kecha yakunida  Jizzax davlat pedagogika unversiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti jamoasi 30-maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jaholatga qarshi-ma‘rifat” mavzusida insholar tanlovi natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlab, ijodiy barkomollik tiladi. Iste’dodli shoirlarimiz Asror Mo‘minov va Shodi Otamurodlar dasxati tushirilgan she’riy kitoblaridan ulashishdi.

Bugun 23-30 sonli umumta’lim maktablariga «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida  kitoblar, ma’naviyat, ma’rifat kirib bordi. Yangi nur, yangi ziyo kirib bordi. Uchrashuvga kelgan adiblar yurtimiz kelajagini o‘qitishga, tarbiyalashga hissa qo‘shishdi. Bu esa ertaga o‘z natijasini berishi, ta’lim tizimi bukilgan qaddini tiklashiga xizmat qilishi shubasiz.


Ulashish:
1 009
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.