Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
20/09/2025
Chop etish
Aniq fanlar fakultetida korrupsiyaga qarshi seminar-trening tashkil etildi.

Aniq fanlar fakultetining 3-kurs faol talabalari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturi doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar asosida tashkil etildi.Seminar davomida talabalarga korrupsiya tushunchasi, uning turlari, javobgarlik masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ichki tartib-qoidalarga amal qilmaslik, fan sillabuslari va dasturlarini yetarli bilmaslik ayrim hollarda akademik korrupsiya kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Trening jarayonida Prezidentimizning 2025-yil 5-martdagi tanqidiy-tahliliy ma’ruzasi mazmuni ham keng tushuntirildi. “Tarbiya” fani doirasida esa talabalarga halollik, birovning haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu g‘oyalar sodda va tushunarli tilda yetkazildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” yuzasidan ham tushunchalar berildi.

Seminar-trening talabalar uchun korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy bilimlarni mustahkamlash va halollik tamoyillarini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.


Ulashish:
1 360
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.