Karera markazi
Karera markazi
|
06/05/2026
Chop etish
Bitiruvchilar uchun aniq yo‘l xaritasi

JDPUda bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv va seminar o‘tkazildi.

Unda universitet rahbariyati, “Kelajak markazi”, maktab direktorlari, ota-onalar hamda bank vakillari ishtirok etdi.

Bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish tartibi va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida muhim ma’lumotlar berildi.

“Kelajakka qadam” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar orqali biznes boshlash imkoniyatlari tushuntirildi.

 

Shuningdek, Startup Garage va “Imkoniyat+Ko‘mak 2.0” loyihalari taqdim etildi.

Yakunda bitiruvchilarga aniq tavsiyalar berilib, kelgusidagi faoliyatini rejalashtirishda muhim yo‘nalishlar belgilandi.


Ulashish:
588
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.