Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/05/2026
Chop etish
Boʻlajak pedagoglar uchun muhim tajriba

Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar uchun “Pedagogik texnika – pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy omili sifatida” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarni Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi katta oʻqituvchisi Ravshan Joʻrayevich Ishmuhamedov olib bordi.

Mashgʻulotlar davomida seminar-trening avval universitetning oʻzbek guruhi talabalari, tushdan soʻng esa rus guruhi talabalari ishtirokida tashkil etildi.

Seminarda pedagogik texnikaning nutq madaniyati, auditoriya bilan ishlash, taʼsirchan muloqot va kasbiy mahoratni shakllantirishdagi oʻrni haqida fikr yuritildi. Ushbu mashgʻulotlar bo‘lajak pedagoglar uchun zamonaviy taʼlim jarayonida zarur boʻladigan kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Eʼtiborlisi, Ravshan Joʻrayevich shu kungacha universitet professor-oʻqituvchilari uchun mashgʻulotlar olib borib kelayotgan boʻlsa, bugun ilk bor talaba-yoshlar bilan ham seminar-trening oʻtkazdi.


Ulashish:
489
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.