Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/06/2023
Chop etish
Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari JDPUda

Jizzax davlat pedagogika universiteti xorijiy hamkorlikni mustahkamlash masalasi bo‘yicha ko‘plab xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlar bilan faoliyatni yo‘lga qo‘ygan. Ana shu aloqalar samarasi o‘laroq Universitetga 1-iyun kuni Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Dr. James Bullock hamda Dr. Lee Oakleylar tashrif buyurdi. Xorijlik mehmonlar universitet rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashuv chog‘ida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali kelgusida oliygohlar o‘rtasida o‘zaro professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Portsmut universitetida Magistratura talabalari uchun amaliyot darslari tashkillashtirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qoyish, JDPU talabalari uchun maʼruzalar tashkil etish, Onlayn va offlayn konferenisyalarda o‘zaro ishtirok etish rejalarini muhokama qilishdi.

Muloqot jarayonida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashuvi, Portsmut universiteti tajribali professor-o‘qituvchilarning maʼruzalarini, darslarini tashkil etish, qo‘shma taʼlim dasturlari, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarning hamkorlikda ilmiy-tadqiqot olib borishlari borasida bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Uchrashuv so‘ngida ikki davlat Oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, shu bilan birga, taklif va mulohazlarni o‘rganib har bir yo‘nalish bilan alohida hamkorlik tashkil etishga kelishib olindi. Universitet rektorining Portsmut universiteti professorlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Uchrashuvdan so‘ng xorijlik mehmonlar Xorijiy tillar fakultetiga, universitet “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga va Jizzax Prezident maktabiga tashrif buyurishdi.


Ulashish:
962
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.