Ekofaol talabalar
Ekofaol talabalar
|
17/06/2025
Chop etish
“Dolzarb 90 kun” doirasida ekologiyaga bag‘ishlangan tarbiyaviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Matematika va informatika fakultetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Xonadonim, Vatanim obodligi, ekologiya va atrof-muhit musaffoligi — sog‘lom kelajagimiz garovi” hamda “Mahallam tozaligi – yurtim obodligi” mavzularida o‘tkazilgan ushbu tadbir yoshlar o‘rtasida tozalikka rioya qilish madaniyatini shakllantirish, ularning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini yaxshilash va bu boradagi ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga qaratildi.

Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar tinglandi, talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi va atrof-muhit muhofazasiga oid amaliy tavsiyalar berildi.


Ulashish:
1 046
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.