Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/05/2024
Chop etish
Egallab bo‘lmaydigan bilim, o‘zlashtirish mumkin bo‘lmagan ko‘nikmaning o‘zi yo‘q

Aziz bitiruvchilar, qadrli o‘g‘il-qizlar! Mana, hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kun ham yetib keldi — siz maktabni tark etyapsiz. Sizlarni hayot ostonasidagi muhim qadamingiz – mustaqil bosqichga o‘tayotganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman!

 

Ayni damda Sizni katta marralar, chegarasiz imkoniyatlar va ertasi bor sinovlar kutmoqda. Albatta, barchangiz hayotda yutuqlarga erishishda ilm olishingizga, sabr bilan mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi.

Quvonarlisi, bugun yurtimizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shunday ekan, kelajakda o‘z sohangizning yetuk mutaxassisi bo‘lishingizga aminman. Ishoning, egallab bo‘lmaydigan bilim, o‘zlashtirish mumkin bo‘lmagan ko‘nikmaning o‘zi yo‘q. Kelajakka ishonch bilan boqing! Orzularingiz yo‘lida izlaning, mashaqqatli yo‘l faqatgina omad sari boshlashini aslo unutmang.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilishlar bo‘lmoqda. Chindan ham mamlakatimiz yoshlari hayotida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu muvaffaqiyat yetuklik sari boshlangan katta yo‘l oldidagi ilk muvaffaqiyat, ilk marradir!

Sizga dilimdagi eng ezgu tilaklarimni izhor etmoqchiman. Yagona O‘zbekistonimiz kelajagi Siz yoshlarga bog‘liq ekanligini aslo unutmang! O‘qishdan, izlanishdan, olg‘a harakat qilishdan aslo to‘xtamang. Mehnatsevarlik, shijoat, izlanuvchanlik, kreativlik kabi sifatlarini o‘zingizda shakllantiring. Oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, bilimlaringizni amaliyotda mustahkamlayotgan paytingizda ham har kuni vaqt topib, yangilik o‘rganishni o‘z odatingizga aylantiring. Oldingizga katta maqsad qo‘ying va albatta ushbu maqsadingizga intiling!

Fursatdan foydalanib, barcha bitiruvchilarga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat, shijoat va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Doim yuzingiz yorug‘, kelajagingiz porloq bo‘lsin!

 

Hurmat bilan, JDPU rektori, professor Sh. S. Sharipov


Ulashish:
1 033
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.