E’lonlar
E’lonlar
|
11/03/2025
Chop etish
E’lon.
15-chi xorijiy tillarni o‘qitish va amaliy tilshunoslik (FLTAL) xalqaro mega-konferensiyamiz bu gal ham Jizzax davlat pedagogika universitetida joriy yilning 2-3-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Konferensiya gibrid (ham oflayn hamda onlayn) formatda bo‘lib o‘tadi. Barcha ma’lumotlar axborot xatida berilgan.

AQSH, Kanada va Avstriyadan bu sohada dunyoning eng mashhur spikerlari Jizzaxga tashrif buyurishadi. Arizonadan keladigan Polni prezentatsiyasiga qatnashishingiz dunyongizni o‘zgartiradi, ilmiy hayotingizda yangi imkonlar ochadi. Kanadalik Norton bu sohada dunyoning kuchli 5 ta olimi sifatida e’tirof etilgan. Bu olimlarni JDPUda jonli ko‘rishingiz mumkin.

Konferensiyaning bu yilgi mavzusi “Innovative Pedagogies for Multilingual Classrooms: Fostering Cultural Competence in Language Education.”

Batafsil ma’lumot uchun www.fltal.org saytiga tashrif buyuring.
📧 Murojaatlar uchun: fltalproceedings@gmail.com

Call for Papers-FLTAL 2025


Ulashish:
1 107
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.