Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/09/2020
Chop etish
“English Access Microscholarship” dasturiga saralash suhbati haqida xabarnoma.

Jizzax davlat pedagogika institutining chet tillar fakultetida 16.09.2020 da AQSH ning O’zbekistondagi elchixonasi va JDPI tomonidan amalga oshirilayotgan “English Access Microscholarship”

deb nomlangan (Access ) loyihasining nomzodlaridan saralash suhbati o’tqazildi. Ushbu saralash suhbatni boshlah uchun chet tillar fakulteti dekani prof.A.Mamatov o’zining tinglovchilar tomon bildirgan porloq kelajak sari olg’a undovchi nutqi bilan ochib berdi. Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, dastur 14 yoshdan 18yoshgacha bo’lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga bepul ingliz tili va kompyuter savodxonligini o’rgatishdan iborat. Saralash suhbati belgilangan muddatgacha hujjat taqdim etgan tinglovchilardan uch kun mobaynida olib boriladi. Eng yuqori ball to’plagan nomzodlar “ Access” tinglovchisi sifatida dasturga qabul qilinadi.


Ulashish:
1 882
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.