Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/05/2023
Chop etish
“Finlandiya ta’limiining muvaffaqiyati sirlari” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor Xalqaro Nordik universiteti prorektori  Odil Qo‘ysinov boshchiligidagi O‘zbekistonning 10 ta pedagogik  oliy ta’lim muassasalarining     25 nafar delegatsiya a’zolari joriy yilning 24-aprelidan 8-mayga qadar Finlandiyada malaka oshirish jarayonlarini o‘tab qaytishdi. Finlandiya davlatiga ta’lim sohasidagi tajribasini o‘rganish uchun universitetdan ham 3 nafar  o‘qituvchilar stajirovkaga yuborildi.

Seminarda JDPU Boshlang‘ich ta’lim fakultetining Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Kenjayeva Sanobar  ham ishtirok etgan edi. Kuni kecha  Sanobar Kenjaeva tomonidan “Finlandiya ta’limiining muvaffaqiyati sirlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda universitet Xalqaro bo‘lim boshlig‘i  Nazira Muhitdinova va universtet geografiya fani o‘qituvchisi Azim G‘afforov ham so‘zga chiqdilar. Ushbu seminarni o‘tkazishdan maqsad o‘rgangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yurtimizdagi barcha pedagog xodimlar bilan bo‘lishish. Seminarda so‘zga chiqqanlar Finlandiyadagi  malaka oshirish o‘quv jarayonlari qanday amalga oshirilganligiga to‘xtalib o‘tishdi.


Ulashish:
1 025
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.