Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/11/2025
Chop etish
«Ikki qanotimiz – ham o‘qitish, ham ilm qilish bilan birga uchaylik», — dedi Uzoqboy Begimqulov

Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Bosh ilmiy-metodik markaz” rahbari Uzoqboy Begimqulov ishtirok etdi.

Seminar davomida so‘nggi uch yilda rahbar va pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish tizimi bo‘yicha yaratilgan yangi sxema va metodik yondashuvlar bosqichma-bosqich tushuntirib berildi.

 

 

Uzoqboy Shoyimqulov (Begimqulov) o‘z taqdimotida pedagoglarning kasbiy faoliyatida mustaqil malaka oshirish shakllari, malaka oshirish kurslari jarayonida tinglovchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tahlillari haqida ma’lumot berdi.

 

Shuningdek, u o‘z nutqida bugungi kunda ta’lim mazmuni tez sur’atlarda yangilanib borayotganini, yangi ta’lim yo‘nalishlari paydo bo‘layotganini ta’kidlab, har bir pedagog o‘z ustida tinimsiz izlanish, zamon talabiga mos ravishda rivojlanish zarurligini qayd etdi.

“O‘qituvchi sifatli ta’lim berishi bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlari bilan ham shug‘ullanishi lozim. Bu — ta’limning ikki qanoti”, — dedi Uzoqboy Begimqulov. Tadbir doirasida uzluksiz malaka oshirish sohasiga oid yangi elektron platforma taqdimoti ham o‘tkazildi. Ushbu tizim ma’lumotlar bazasi va qulay interfeysi bilan qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Seminar yakunlarida universitet rektori Maqsudjon Yuldashev ta’lim muassasasida olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar haqida to‘xtalib, har haftaning shanba kunlari tashkil etilayotgan “ijtimoiy faollik kunlari” doirasida hamkorlikda seminarlar o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.


Ulashish:
1 387
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.