Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
15/11/2018
Chop etish
INFOLIB UZBEKISTAN

Joriy yilning 15 noyabr kuni 10.00 da Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazining “Elektron darsliklar” zalida Fizika-matematika  fakultetining Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi bilan  hamkorligida «INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-xavfsizligi –davr talabi”  mavzusida  amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirni axborot-resurs markazi xodimasi M.Bobonazarova  kirish so‘zi bilan ochib: “«INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftaligi talaba-yoshlarni kitobga bo‘lgan qiziqishlarini, kitobxonlik madaniyatini oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘mak beradi,- deya takidladi..

Shundan so‘ng, Informatika yo‘nalishi o‘qituvchisi Sh.Bobobekov, Axborot texnologiyalari markazi Axborot xavfsizligi ta’minlash bo‘lim boshlig‘i A.Kubaev  so‘z chiqdilar. Axborot xavfsizligi haqida, internetga “Kerio Control” orqali kirish va undan qanday foydalanish to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdilar.

Tadbir yakunida faol qantashgan ishtirokchilarga ARM ma’muriyati tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbirda jami 45  nafar ishtirokchi qatnashdi.


Ulashish:
1 912
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.