Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/03/2026
Chop etish
Inklyuziv yoshlar festivali: g‘olib talabalar taqdirlandi.

14–16-mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun “Ijod va ilhom”, “Sport va sog‘lom hayot” shiori ostida para-sport musobaqalari hamda “Mening dunyoim” ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov va musobaqalarda jami 100 nafar talaba ishtirok etdi.

Bugun universitet madaniyat saroyida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G’olib va faol ishtirokchilarga universitet rektori Maksudjan Yuldashev tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

“Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida faol ishtirok etgan talabalar orasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular munosib taqdirlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin sohiblariga 1 million 200 ming so‘m,

2-o‘rin sohiblariga 1 million so‘m,

3-o‘rin sohiblariga 800 ming so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Bugungi kunda universitetda 172 nafar imkoniyati cheklangan talaba tahsil olmoqda. “Inklyuziv yoshlar festivali”da 100 nafardan ziyod talaba ishtirok etdi. Festival doirasida o‘tkazilgan ijodiy tanlovlar va sport musobaqalari yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilarning 42 nafari g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.


Ulashish:
622
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.