Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/10/2023
Chop etish
  «InnoWeek.UZ-2023» ijodkorlar bayramidir deydi universitet rektori .

«InnoWeek.UZ-2023»— mavjud innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, yangi munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, potensial sarmoyadorlarni jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar aynan shular xususida to‘xtalib barchani ko‘rgazmada ishtirok etishga va loyihalarni birgalikda ko‘rishga taklif etishdi.

«InnoWeek.UZ-2023» «invintro usuli»: U qanday usul? O‘simlikdan tez va sifatli ko‘chatlar ko‘paytirish qanday amalga oshiriladi?

JDPUda “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar-Yangi  O‘zbekiston taraqqiyotining asosi”  shiori ostida o‘tkazilayotgan «InnoWeek.UZ-2023» xalqaro innovatsion g‘oyalar  haftaligi doirasidagi “Yoshlar kuni” forumida ko‘plab qiziqarli innovatsion loyihalar taqdim etilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ko‘rgazmaning kirish qismida katta Begoniya guli va uni atrofidagi son-sanoqsiz gul ko‘chatlari ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘ldi. «invintro» usuli haqida hech eshitganmisiz? invintro laboratoriyasi haqida nimalarni bilasiz? Xo‘sh invintro usulining o‘zi nima? invintro usulida bitta guldan tez va sifatli 200 ga yaqin  gul ko‘chatlarini yetishtirish mumkin.  Jizzax davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan taqdim etilayotgan bu loyiha barcha gulsevarlarni qiziqtirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz

Institutda Quyosh panellarini sexi ochilmoqda.

Jizzax politexnika instituti tomonidan taqdim etilayotgan loyihada kelajakda quyosh panellarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Ayni paytda Xitoyda malaka oshirib qaytgan mualliflar loyihani amalga oshirishi ishlari bilan band. Bu loyiha ishga tushganda talaba yoshlar ish bilan taʼminlanadi shu bilan bir qatorda yosh olimlarning ilmiy izlanish olib borishlari uchun sharoit yaratib beriladi.

 

Maktabgacha taʼlim fakulteti tayyorlagan qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmada barchani hayratga soldi.

Qo‘g‘irchoqlar nafaqat bola uchun ovunchoq, balki tarbiya vositasidir. U orqali bola milliy anʼanalarni, millatga xos qadriyatlarni his etadi. Kerak bo‘lsa, o‘rganadi ham. So‘z farzand salomatligi, uning kamoli xususida ketar ekan, bu ishga nihoyatda katta eʼtibor va masʼuliyat bilan yondoshmoq lozim. Bugungi ko‘rgazmada talaba yoshlar qo‘l mehnati orqali o‘zlari yasagan milliy qo‘g‘irchoqlarni namoyish etishmoqda.

 

Mazkur forumda ko‘plab tashkilotlar bilan shartnomalar ham imzolanmoqda. Ayni paytgacha JDPU fakultetlar va bo‘limlari 15 ga yaqin tashkilot va korxonalar bilan shartnomalarni imzolashdi.


Ulashish:
1 087
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.